Ko'rgazma yangiliklari

O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning transport va logistika markazi

Bizning mintaqamiz shunchaki xaritadagi nuqta emas, balki Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni bog‘lovchi muhim transport markazidir. Asosiy savdo yo‘llar shu yerda kesishadi, infratuzilmaning jadal rivojlanishi esa mamlakatni logistika va yuk tashish markaziga aylantirmoqda

🚆 Temiryo‘l qudrati – 4 700 km dan ortiq temiryo‘llar bizni Xitoy, Yevropa va Yaqin Sharq bilan bog‘laydi, shundan 2 350 km elektrlashtirilgan. Ular orqali mamlakatdagi yuk tashishning 40% amalga oshiriladi

🚛 Avtomobil yo‘llar – O‘zbekiston "Xitoy – Markaziy Osiyo – Janubiy Kavkaz – Turkiya" kabi multimodal transport yo‘nalishlarida ishtirok etib, Tinch okeani va Yevropa bozorlariga yo‘l ochmoqda

🚗 Avtomobil sanoatining rivojlanishi – 2029 yilga borib, har 1 000 kishiga 240 ta avtomobil to‘g‘ri kelishi kutilmoqda, bu esa avtomobil sohasining jadal rivojlanayotganligini ko‘rsatadi

🚚 Tijorat transporti rivojlanishi – 2024 yilda maxsus transport vositalari ishlab chiqarish hajmi 25,4 ming donaga yetdi, bu esa 2023 yilga nisbatan 2,3% ga ko‘pdir. Bu yuk mashinalari, avtobuslar va maxsus texnika ishlab chiqarish hamda importining o‘sayotganini, zamonaviy logistika yechimlari va ekologik transportga talab oshayotganini ko‘rsatadi

O‘zbekiston xalqaro transport va logistika markazi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda, Komtrans Tashkent & Futuroad Expo Tashkent esa innovatsiyalar, biznes aloqalari va sanoat taraqqiyoti uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda!